Shanba va yakshanba kunlari respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutiladi. Yakshanba kuni kunduzgi havo harorati 30-35° gacha koʻtariladi. Faqat respublikaning shimoliy hududlari Kavkaz hududlaridan kirib kelgan nam havo massasi taʼsiri ostida boʻladi. Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
9-10-may kunlari nam havo massasi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli momoqaldiroqli yomgʻir yogʻadi, 9-mayda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 10-mayda respublika hududining katta qismida kuchli jala yomgʻirlar yogʻishi mumkin. 9-mayda kunduzgi havo harorati 30-35° atrofida saqlanib turadi, 10-mayda 23-28° gacha pasayadi.
8-mayda shimolda va choʻl hududlarda, 9-10-mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va choʻl hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutiladi, ayrim joylarda chang toʻzonlari kuzatilishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.