Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni havo harorati kechasi 12-17 daraja sovuqni, baʼzi joylarda 20 daraja sovuqqachani, kunduzi 5-10 daraja sovuqni, baʼzi joylarda 12 daraja sovuqqachani tashkil etadi.

Yakshanba kuni respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan iliq havo kirib kelishi boshlaydi, u antitsiklonning sovuq periferiyasini ortga sura boshlaydi.

Yakshanba kuni havo biroz iliqlashadi, kechasi 12-17o daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.

Buning hisobiga yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

“Oʻzgidromet” ehtiyot boʻlishni tavsiya qiladi. 13-16-yanvar kunlari qor koʻchishi xavfi ortishi sababli togʻli hududlarga borish tavsiya etilmaydi.