Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar berdi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yilligi” bayramini nishonlash maqsadida, 2024-yil 31-avgust, 2-3-sentyabr kunlari dam olish kunlari etib belgilandi.

Shu munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylari tasarrufidagi avtobus yoʻnalishlarining faoliyati dam olish kunlari yaʼni, 31-avgust va 1-2-3-sentyabr kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.