Dam olish kunlari ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

    Havo harorati kechalari +5...+10 daraja iliq, kunduz kunlari 7-martda +13...+16 daraja iliq, 8-martda +17...+20 daraja iliq atrofida boʻladi.

    Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududi boʻyicha ish haftasining boshida boshlangan havo haroratning asta-sekin koʻtarilishi davom etadi.

    Havo harorati kechalari +5...+10 daraja iliq, kunduz kunlari 7-martda +13...+16 daraja iliq, 8-martda +17...+20 daraja iliq atrofida boʻladi.

    Bugun kunduzi respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Ertaga hududning katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

    9-11-mart kunlari Oʻzbekiston boʻyicha beqaror ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublika hududi boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat foni ancha yuqori boʻlishi saqlanib turadi, kechalari +5...+10 daraja iliq, kunduz kunlari +13...+18 daraja iliq boʻladi.

    Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9-martda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, 9-martda baʼzida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Poytaxtimizda: 7-8 mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, 9-11-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 9-martda 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechalari +5...+10 daraja iliq, kunduz kunlari +13...+18 daraja iliq boʻladi.