Kunduz kuni havo biroz bulutli boʻladi, respublikaning katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat +26…+29 daraja boʻladi.
Dam olish kunlari respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +10…+15 darajagacha, kunduz kunlari +22...+27 darajagacha pasayadi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 6 va 7-sentyabr kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. 7-sentyabrda baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin.
6-7-sentyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda: 6-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kecha tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayadi. Harorat +24…+29 daraja boʻladi.
7-8-sentyabr kunlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +10…+13 daraja, kunduz kunlari +24...+27 daraja boʻladi.