Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat foni ushbu kunning meʼyoriy qiymatlariga yaqin boʻladi va 32-35° ni tashkil etadi.
Dam olish kunlari quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 14-17°, kunduz kunlari 33-35° ni tashkil etadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.