Dam olish kunlari biroz yogʻingarchilik kuzatiladi

    Yashil sayyora 3 Fevral 2023 1399

    Dam olish kunlari havo harorati kechalari 0…+5 daraja, kunduzi +7…+10 daraja atrofida boʻladi.

    Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

    Bu haqda Oʻzgidromet xizmati agentligi xabar bermoqda.

    Respublika hududi boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Janubi-gʻarbiy va janubiy hududlarda kun davomida, markaziy hudadlarda esa kunning ikkinchi yarmida, Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Respublika shimolida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Shanba kuni respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

    Yakshanba kuni hududning katta qismida yomgʻir yogʻishi toʻxtaydi, faqat kechasi va ertalab markaziy va sharqiy hududlarda biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 0…+5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 0…+5 daraja iliq atrofida boʻladi.

    Poytaxtimizda bugun kechga tomon va ertaga vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Yakshanba kuni asosan yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Harorat asosan kechasi 0…+3 daraja iliq, kunduzi +7…+10 daraja iliq boʻladi.

    3-5-fevral kunlari togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.