Respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0...-5 daraja sovuqqacha kuchsizlashadi, bugun kunduzi esa havo +4...+9 daraja iliqqacha isiydi. Respublikaning shimolida ham havo iliqlashadi, ammo kunduz kuni hali ham harorat -3...-8 daraja sovuq atrofida boʻladi.

Bugun kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning janubiy va janubi-gʻarbiy hududlarida kechga tomon baʼzi joylarda asosan yomgʻir koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻladi.

Ertaga janubiy hududlardan nam havo massasi respublikaning markaziy hududlariga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomgʻir va qor koʻrinishida biroz yogʻingarchilik boʻladi. Kunduzgi havo harorati 0...+5 daraja iliqgacha biroz pasayadi.

Togʻli hududlarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.

17-dekabr — yakshanba kuni respublikning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi harorat 0...-5 daraja sovuq, shimolda -5...-10 darajao sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun va yakshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, shanba kuni vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 15-dekabrda +6...+8 daraja iliq, 16-17 dekabrda kechasi -3 daraja sovuq - +2 daraja iliq, kunduzi 16 dekabrda 0...+2 daraja iliq, 17-dekabrda +3...+5 daraja iliq boʻladi.