Kunduz kunlari termometr ustuni +40...+43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda +44...+45 darajagacha koʻtariladi.
Faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida dam olish kunlari issiq biroz pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi +35...+38 darajani tashkil etadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari +24...+27 daraja, kunduz kunlari +40...+43 daraja atrofida boʻladi.








