Lekin “Oʻzgidromet” markazi maʼlumotlariga qaraganda, bugun quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikamizning shimolida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Kunduzi havo harorati 34-39° atrofida, janubda baʼzi joylarda 40-42° gacha boʻladi.

11-iyunda Oʻzbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi. 11-iyunda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 11-12-iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

13-iyunda faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

10-12-iyunda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 10-14-iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda doʻl yogʻishi ehtimoli bor.

Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayadi va 12-iyunga kelib 31-33° ni tashkil etadi.