Agentlikning xabar berishicha, dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq, janubda va choʻl hududlarda 25 daraja iliqqacha boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda: bugun va dam olish kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan oʻrtacha tezlikkacha esadi. Harorat kechalari 7-9 daraja iliq, kunduz kunlari 19-22 daraja iliq boʻladi.