Faqat bugun kunduzi Fargʻona vodiysida, shuningdek, Toshkent viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Havo harorati 32-35 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 38 darajagacha boʻladi, bu avgust oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim meʼyorlaridan 1-2 darajaga pastdir.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-16 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
1-avgust kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
20-23 daraja, kunduzi 32-35 daraja boʻladi.









