Dam olish kunlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi

    “Oʻzgidromet” 10-11-fevral kunlari respublika boʻylab kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

    Qoraqalpogʻiston respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 9-fevralda 13-18 daraja iliq boʻladi, 10-11-fevralda 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.

    Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-9-fevralda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 9-fevralda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-fevralda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 10-11-fevralda 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-fevralda 1-6 daraja sovuq, 10-11-fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.