Biroq bu quruq va iliq havo uzoq saqlanib turmaydi. Bugun kunduzi Qoraqalpogʻiston va Xorazmda, kechga tomon esa Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Respublika shimolida harorat +8...+13 daraja atrofida boʻladi.
Ertaga, 21-fevral kuni Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali nam va salqin havo massalari kirib keladi. Buning natijasida respublikaning koʻpchilik hududlarida (Qoraqalpogʻiston va Xorazmdan tashqari) yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysida yogʻingarchilik 21-fevral ertalab va kunning birinchi yarmida kuzatiladi.
Ayniqsa, togʻ oldi va togʻli hududlarda yashovchilar hamda dam oluvchilar hushyor boʻlishlari talab etiladi. 21-fevral kuni ushbu hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuchli boʻlishi va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi mavjud. Shamol tezligi 7-12 m/s dan baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim hududlarda esa hatto 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Shanba kuni kunduzi havo harorati meʼyoriy qiymatlargacha pasayib, +9...+14 darajani tashkil etadi.
Yakshanba, 22-fevral kuni esa respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchilik toʻxtaydi va havo yana isiy boshlab, +15...+18 darajagacha koʻtariladi. Dam olish kunlari kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
Poytaxtimizda ham ob-havo oʻzgaruvchan boʻladi. Bugun Toshkentda harorat +22...+24 daraja iliq boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ertaga, 21-fevral kuni kechasi va ertalab yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi esa yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +11...+13 daraja atrofida boʻladi. Yakshanba kuni yogʻingarchilik boʻlmaydi, havo harorati kechasi +3...+5 daraja, kunduzi esa +14...+16 daraja iliq boʻladi. Shamol tezligi 20-fevral kechqurun va 21-fevralda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.