Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat 19 fevralda Surxondaryo viloyatida, 20-fevralda Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va ho‘l qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Tungi sovuqlar asta-sekin chekinadi, kunduz kunlari esa ko‘proq bahor fasli uchun xos bo‘lgan qiymatlargacha isiydi. 20-fevralga kelib, harorat kechasi 2-7° iliqqacha, kunduz kuni esa termometr ustuni 15-17° iliq, janubda 18-20° iliqqacha yetadi, deb xabar beradi O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.