Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi — Oʻzgidromet

    Dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

    Aytilishicha, faqat 25-26-oktyabrda Toshkent viloyatining togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Havo harorati 24-oktyabrda +25...+30 darajani, shimolda +21..+26 darajani tashkil etadi.

    Dam olish kunlari esa havo harorati asta-sekin pasayadi va 25-oktyabrda +23..+28 darajani, 26-oktyabrda +21..+26 darajani, shimolda 25-26-oktyabrda +19..+24 darajani tashkil etadi.

    Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

    Toshkentda havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi +28..+30 daraja, shanba kuni +25..+27 daraja, yakshanba kuni +24..+26 daraja boʻladi. Kechalari harorat +13..+15 daraja atrofida boʻladi.