Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Faqat 19-oktyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim joylarida yomgʻir yogʻishi mumkin. 20-oktabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 20-oktyabrga kelib kechasi +10...+12 darajani, kunduz kuni +25..+28 darajani tashkil etadi.
Poytaxtimizda: havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kunduzi 18-oktyabrda +20..+22 daraja, 19-oktyabrda kechasi +6..+8°, kunduzi +23..+25 daraja, 20-oktyabrda kechasi +9..+11 daraja, kunduzi +25..+27 daraja boʻladi.