“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish biroz boʻladi. Yakshanba kuni harorat kunduzi 38-41 daraja atrofida, janubda 42-44 darajagacha boʻladi.
Oʻzbekistonda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 5-iyulda respublika boʻyicha baʼzi joylarda, 6-iyulda choʻl hududlarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 4-5-iyulda 40-43 daraja, 6-iyulda 39-41 daraja boʻladi.