Bugun kunining ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomgʻir yogʻadi. Qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shanba kuni Oʻzbekiston boʻyicha kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoliy hududlar boʻyicha kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Yakshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.
Havo harorati kunduzi 25-oktyabrda +18…+23, 26-oktyabrda +13…+15, 27-oktyabrda esa +17…+19 daraja atrofida boʻladi.
Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda yomgʻir kuchli yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda qorga aylanadi.
Poytaxtda 26-oktyabrda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.