Qayd etilishicha, bugun respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 3-8 daraja iliq boʻladi, janubiy hududlarda baʼzi joylarida 10-12 daraja iliq boʻladi. Shamol tezligi baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Dam olish kunlari respublikamizdan sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Butun respublika boʻylab havo harorati koʻtarilishi fonida quyoshli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Ertaga kechasi havo harorati 2-7 daraja sovuq oraligʻida saqlanib, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha koʻtarila boshlaydi, yakshanba kuni esa kechasi havo harorati 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha, kunduzi 9-14 daraja iliqqacha koʻtariladi.
24-25-yanvarda baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha tezlikda esadi.
Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.
Poytaxtimizda: Bugun yogʻingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati 5-7 daraja iliqqacha koʻtariladi. Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 0-2 daraja iliqqacha, kunduzi 11-13 daraja iliqqacha koʻtariladi.