баннер
14 Apr 2025
21:26

    Dam olish kunlari havo iliq boʻladi

    "Oʻzgidromet" agentligi 21-23-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

    Unga koʻra, bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida juda iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, baʼzi joylarda 22 daraja iliqqacha boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat pasaya boshlaydi va 23-fevral-yakshanba kuniga kelib, kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi.

    22-fevralda janubiy hududlarda va choʻl zonasining baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 23-fevralda respublikaning koʻpchilik hududlarida (Fargʻona vodiysidan tashqari) baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

    Toshkentda: 21-23-fevral kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 5-8 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq boʻladi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech