Kechasi va ertalab havo harorati 10-12° sovuqqacha pasaydi. Qoraqalpogʻistonda 20-22° sovuq, Ustyurtda 23-25° sovuq boʻldi. Kunduz kunlari harorat 4-6° sovuqdan yuqoriga koʻtarilmadi, shimolda harorat 8-10° sovuq atrofida boʻldi. Bunday harorat meʼyoriy qiymatlardan 12-17° past boʻldi.

Bugundan boshlab sovuq havo massalari respublikamiz hududidan chiqishni boshladi. Uning oʻrniga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi kutiladi.
Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi. Yakshanba kuniga kelib, kechasi 3-5° sovuqqacha kuchsizlanadi, kunduz kunlari esa 7-12° iliqqacha koʻtariladi. Ammo bu fevral oyining oxiridagi iqlimiy meʼyorlardan biroz pastroqdir.

Respublika hududining koʻp qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi.
Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.