Dam olish kunlari havo juda iliq boʻladi

    Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi Oʻzgidromet.

    Harorat kechasi 0…+5 daraja, shimolda baʼzi joylarda -2 darajagacha, kunduzi +13…+18 daraja atrofida boʻladi. Bu meʼyoriy (oʻrtacha koʻp yillik) qiymatlardan 2−4 darajaga yuqori.

    Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan oʻrtacha esib turadi.

    Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +4…+6 daraja, kunduzi +15…+18 daraja atrofida boʻladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.