Juma kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli, quruq va iliq boʻlishi kutilmoqda, havo harorati +24…+29 daraja atrofida boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublika shimolida havo harorati +18…+23 darajagacha pasayadi.
6-mayda respublikamiz hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +18…+23 darajagacha pasayadi, bu may oyining boshi uchun boʻlgan meʼyordan +3...+5 darajaga pastdir.
7-mayda respublikamizning markaziy va sharqiy viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati kechasi +8...+13 darajagacha pasayadi, kunduzi harorat +20...+25 daraja atrofida boʻladi.
Respublikaning ayrim joylarida doʻl yogʻishi mumkin.
5-mayda shimolda, janubda va choʻl hududlarda, 6-mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda 5-7-may kunlari vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baland togʻlarda (2000 m dan yuqorida) yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 5-7-may kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shanba kuni kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +20...+22 daraja boʻladi.
Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +22...+24 daraja boʻladi.