Havo harorati kechalari 25-27o, kunduz kunlari 41-43o, shimolda, janubda va choʻl hududlarida 44-46o gacha boʻladi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 5-8o ga yuqoridir.
Juma kunidan boshlab respublika hududiga Volga boʻyi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi. Juma kuni kunduzgi harorat 37-40o gacha pasayadi va faqat janubiy hududlar boʻyicha 42-44o ni tashkil etadi.
Qoraqalpogʻiston hududi boʻyicha harorat payshanba kunidan pasayishni boshlaydi va juma kuni havo harorati 32-37o ni tashkil etadi.
Dam olish kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlarida haroratning pasayishi davom etadi.
Haftaning boshida va oxirida Oʻzbekistonning ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomgʻir yogʻishi ehtimoldan holi emas, seshanba kuni kechga tomon esa Toshkent viloyatining tekislik hududlari boʻyicha biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Hafta davomida respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.