Qish faslining oxirgi kunlarida Eron hududlaridan iliq havo kirib kelishi kuchayishi hisobiga Oʻzbekistonda qish fasliga xos boʻlmagan juda iliq ob-havo boʻlishi kutilyapti. Havo harorati kunduz kunlari 17-22° iliqgacha, janubda 23-25° iliqgacha koʻtariladi, bu ushbu kunlarning iqlimiy meʼyorlaridan 8-10° ga yuqoridir.
Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat shimoliy hududlarga 27-fevralda Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Yakshanba kuni Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.
28-fevralda respublikaning barcha hududlarini nam havo massasi qamrab oladi, respublikaning koʻpchilik hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kungi harorat biroz pasayadi, ammo qish faslining oxiri uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan yuqori boʻladi.
25-28-fevral kunlari respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.