Dam olish kunlari issiq havo harorati saqlanib qoladi

    Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo kam bulutli va juda issiq bo‘ladi.

    Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari 38-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba'zi joylarda 44-45 darajagacha isiydi.

    Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Poytaxtimizda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi.

    Harorat kechalari 25-27 daraja, kunduz kunlari 39-42 daraja bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zbekistogn gidrometeorologiya xizmati agentligi.