Dam olish kunlari kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi — Oʻzgidromet

    Yashil sayyora 26 May 2023 1255

    Oʻzbekiston boʻyicha 26-28-may kunlariga kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

    Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.

    Faqat Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida bugun va ertaga qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Respublikaning shimolida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda shamol biroz 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin,

    Bugun kunduz kuni havo harorati +28...+33 daraja, shimolda va choʻl hududlarda +35 darajagacha, janubda +37daraja atrofida boʻladi. Dam olish kunlari havo harorati sekin koʻtariladi va +32...+35 darajani, shimolda va choʻl hududlarda +35...+37 darajani tashkil etadi. Bunday harorat foni may oyi oxiri uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlarga yaqindir.

    Poytaxtimizda 26-28-may kunlari havo ochiq boʻladi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol birozdan oʻrtachagacha esadi. Havo harorati kechalari +16...+18 daraja, kunduz kunlari +30...33 daraja boʻladi.