Dam olish kunlari Kavkaz hududlaridan salqin havo massalari kirib keladi

    Yashil sayyora 9 Aprel 2021 750

    Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

    Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 7-12° iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 21-26° iliqgacha isiydi. Ushbu harorat shu kunlarning koʻp yillik qiymatlaridan 2-3° ga yuqori boʻladi.

    Kavkaz hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi natijasida yakshanba kuni haroratning pasayishi kutilmoqda. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-12° iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17-22° iliqdan yuqori va meʼyordan 2-3° past boʻladi.

    Shu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida 1600 m dan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor.