Dam olish kunlari kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin

    Oʻzgidromet xabariga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

    Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

    Harorat 21-22-dekabrda kechalari -5...-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari -2 daraja sovuq +3 daraja iliq atrofida boʻladi.

    Poytaxtda bugun vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʻadi, tuman tushadi. Harorat 0...+2 daraja iliq boʻladi.Shanba va yakshanba kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari -5...-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0...+3 daraja iliq boʻladi.Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin