Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida faqat kechasi va ertalab momaqaldiroqli yomgʻirlar saqlanib turadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzgi havo harorati 20-25 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuni respublikamizda yogʻingarchilik kutilmaydi., faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15 darajani, kunduzi 20-25 darajani tashkil etadi, shimolda kechasi 0-5 daraja iliqgacha, kunduzi 7-12 daraja iliqgacha pasayadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, dam olish kunlari baʼzi joylarda qorga aylanadi.
Dam olish kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.