Dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    Kechasi harorat 0...-5 daraja sovuq, kunduzi +4...+8 daraja iliq, qor vaqtida +1...+3 daraja iliq boʻladi.

    Oʻzgidromet xabariga koʻra, ertaga, 4-yanvar kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Faqat Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    5-yanvar, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Fargʻona vodiysi hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik kuzatiladi, asosan qor shaklida boʻladi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida faqat tunda va ertalabki soatlarda biroz qor yogʻishi mumkin.

    Kechasi harorat 0...-5 daraja sovuq, kunduzi +4...+8 daraja iliq, qor vaqtida +1...+3 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning ayrim hududlarida tuman kuzatiladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzida yoʻingarchilik, asosan qor shaklida kuzatiladi. Togʻlarda qor koʻchishi xavfi mavjud.

    Poytaxtimizda: 3-yanvar kuni yogʻingarchiliksiz, harorat 5-7 daraja iliq boʻladi.

    4-yanvar kuni kechqurun, shuningdek, 5-yanvar kuni kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik (tunda qor) kuzatiladi. 5-yanvar kuni kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 0...-3 daraja sovuq, kunduzi +3...+6 daraja iliq boʻladi.

    Kechasi va ertalabki soatlarda joylarda tuman tushadi.