“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, bugun respublika boʻyicha havo bulutli boʻladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-31 daraja, janubda 35-38 daraja boʻladi.
Dam olish kunlari Oʻzbeiston hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi va harorat biroz koʻtarilishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 31-34 darajagacha isiydi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda 23-25-may kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat 28-30 daraja boʻladi. Shanba va yakshanba kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 31-34 daraja boʻladi.