Yakshanba kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Havo harorati kechasi 0... +5 daraja iliq atrofida, baʼzi joylarda -2 daraja sovuqgacha boʻladi, kunduz kuni esa havo +7... +12 daraja iliqgacha isiydi.
Bugun poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, dam olish kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0... +3 daraja iliq, kunduzi shanba kuni +8... +10 daraja iliq, yakshanba kuni +10... +12 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida 17-18-fevral kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Togʻli hududlarda dam olish kunlari qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi. Qor beqaror holatda boʻladi, togʻlarga borganingizda juda ehtiyot boʻling!