Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha harorat foni oʻzgarmaydi

    Havo harorati kechalari +20...+25 daraja, kunduz kunlari +34..+39 daraja atrofida boʻladi.

    Respublika tekislik hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida, shuningdek, 22-iyun shanba kuni Xorazm viloyatida, Fargʻona vodiysi viloyatlarida va Navoiy viloyatining choʻl hududlarida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Togʻli hududlarda beqaror ob-havo saqlanib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli jala yomgʻirlar yogʻib oʻtadi, momaqaldiroq boʻladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Poytaxtimizda: bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat +35...+37 daraja boʻladi.

    Shanba va yakshanba kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +23...+25 daraja, kunduz kunlari 36-38 daraja boʻladi.

    Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.