Dam olish kunlari qanday ob-havo kutiladi?

    Mamlakatimizda 21 Yanvar 2022 1293

    Bugun Oʻzbekiston hududining katta qismida quyoshli va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

    Faqat Kaspiy dengizidan siklon kirib kelishida respublikaning shimolida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Qoraqalpogʻistonda, Surxondaryo viloyatida kechga yaqin biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 7-12° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq atrofida boʻladi.

    Ertaga sovuq antitsiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Oʻzbekistonda bulutli va sovuq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, respublika boʻyicha yomgʻir va qor koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻladi, togʻli hududlarda qor yogʻadi, harorat kunduzi 0-5° iliqdan oshmaydi.

    21-22-yanvar kunlari sovuq front oʻtishida respublika boʻyicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Yakshanba kuniga yogʻingarchilik toʻxtaydi, faqat respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida biroz yogʻingarchilik saqlanib turadi. Kechasi sovuq kuchayadi va 0-5° sovuq, shimolda 5-10° sovuq atrofida boʻladi, kunduzi havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.

    Dam olish kunlari siklon taʼsirida tuman hosil boʻladi.

    21-23-yanvarda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.