Qayd etilishicha, bugun, 28-noyabr, Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida iliq va quruq ob-havo saqlanib qoladi. Respublikaning katta qismida kunduzi harorat 15-18°C iliqqacha koʻtariladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati 5-10°C iliqqacha pasayishi kuzatiladi.
Dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik kutilmaydi. Umumiy harorat 2-3°C ga pasayadi. Kechasi 2°C sovuqdan 3°C iliqqacha, kunduzi 10-15°C iliq havo boʻladi. Shimolda esa kechasi 0-5°C sovuq, kunduzi 5-10°C iliq havo kutilmoqda. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan biroz kuchsiz tezlikda esadi.
Poytaxt Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 15-17°C iliq boʻladi. Shanba va yakshanbada esa kechasi 0-3°C iliq, kunduzi 11-14°C iliq havo boʻlishi prognoz qilinmoqda.








