Dam olish kunlari quyoshli va iliq ob-havo saqlanib turadi

    Mamlakatimizda 15 Oktabr 2021 1338

    Oʻtgan dam olish kunlari yogʻib oʻtgan yomgʻir va keskin sovuqdan soʻng, ushbu hafta davomida ob-havo Oʻzbekiston aholisini quyoshli va iliq ob-havo bilan quvontirdi.

    Ushbu dam olish kunlari va keyingi hafta boshida respublika boʻyicha kuchsiz shamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi.

    Kechasi va ertalab hali juda salqin, 6-9° iliq atrofida boʻladi, kun davomida quyosh havoni 22-25° iliqqacha isitadi. Bu oktyabr oyining oʻrtalari uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 2-3° ga yuqoridir, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.

    Biroq, shuni eslatib oʻtamizki, eng issiq boʻlgan oktyabr oylarida Toshkentda kunduz kungi harorat 32-35° iliqqacha koʻtarilgan.