Dam olish kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi

    Ertaga Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi, yakshanba kuni esa antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda.

    Ushbu antitsiklon asosan Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga taʼsir etadi.

    Dam olish kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

    Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

    Dam olishi kunlari harorat kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq atrofida boʻladi. Ertaga shimolda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi, yakshanaba kuni kechasi va kunduzi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi.

    Shu kunlarda togʻli hududlarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi, 13-yanvarada ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin.

    Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.