Agentlikning maʼlum qilishicha, bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qor yogʻadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
1-mart – shanba kuni respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
2-mart – yakshanba kuni respublikaning koʻpchilik viloyatlarida (Fargʻona vodiysidan tashqari) yogʻingarchilik boʻladi. Markaziy viloyatlarda va respublika janubida kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqd.
Hududning katta qismida shanba va yakshanba kunlari havo harorati 2-3 darajaga koʻtariladi, ammo hali ham meʼyoriy qiymatlardan past boʻladi.
Respublikaning shimoli-gʻarbiy va choʻl hududlarida yana sovuq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati asta-sekin pasayadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yakshanba kuni kechasi 7-12 daraja sovuqni, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni, kunduzi 0-5 iliqni tashkil etadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-fevral va 2-mart kunlari baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Toshkentda: 28-fevral va 2-martda asosan quruq ob-havo kuzatiladi, faqat 2-mart kuni kechqurun yogʻingarchilik boʻlishi mumkin, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat 28-fevralda 6-8 daraja iliq, 1-2-martda 8-10 daraja iliq boʻladi. Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.