Dam olish kunlari sovuq chekinib, kunlar iliy boshlaydi

    Yashil sayyora 8 Yanvar 2021 914

    Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

    Oʻzbekiston hududlarida uzoq vaqt saqlanib turgan qatlamli bulutlar zichligi buzilishi bugungi kundan boshlandi. Nihoyat quyosh chiqdi, kunduz kungi harorat koʻtarila boshladi, ammo bugun kunduz kuni harorat hali ham manfiy boʻladi.

    Kunning oʻrtasiga kelib, havo 2-4 daraja sovuq boʻladi.

    Dam olish kunlari antitsiklonning sovuq periferiyasi buzilishi davom etadi va yakshanba kuniga kelib, yuqori bosim maydoni Oʻzbekiston hududidan butunlay chiqib ketadi.

    Kechalari harorat koʻtarilishi sekinroq boʻladi, kunduz kunlari esa tezlashadi.

    Yakshanba kuni kechalari sovuq 1-6 darajagacha boʻladi, kunduz kunlari esa quyosh havoni 7-10 daraja iliqqacha isitadi. Nihoyat harorat meʼyoriy qiymatlarga yaqinlashadi.

    Shu kunlarda havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, asosan biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda. Respublikaning baʼzi joylariga asosan kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

    Ushbu davrda togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.