Ertaga Oʻzbekistonning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va choʻl hududlarda baʼzi joylarda Volga boʻyi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib kelishi hisobiga qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi.
Yakshanba kuni nam havo massasi Oʻzbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Koʻpchilik viloyatlarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir kuchli boʻladi. Havo harorati biroz pasayadi va kunduzi 20-25° dan yuqori boʻlmaydi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi.
25-aprel dushanba kuni ham Oʻzbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.
24-25-aprelda togʻ oldi va togʻli hududlarda sel kelishi xavfi mavjud.