Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shanba va yakshanba kunlari havo harorati kechalari 0…-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0…+5 daraja iliq atrofida boʻladi.
Shamol gʻarbdan oʻrtacha tezlikda esadi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkentda juma kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +1…+3 daraja iliq boʻladi.
Shanba kuni asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yogʻadi, tuman tushadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol esadi.
Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq atrofida boʻladi.








