Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi

    Dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +10…+15, kechalari 0…-3 daraja boʻlishi kutilmoqda.

    Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda «Oʻzgidromet«.

    Faqat Surxondaryo viloyatida ertaga 23-noyabr kuni baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.

    Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

    Harorat kechalari 0...-5 daraja iliq, shimolda baʼzi joylarda -1...-3 darada sovuq atrofida boʻladi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni +10...+15 daraja iliqqacha isitadi. Bunday harorat noyabr oyining ushbu kunlari uchun boʻlgan iqliy meʼyorlariga yaqindir.

    Sharqiy yoʻnalishdagi shamol birozdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.