Juma kunduzi Oʻzbekistonning aksariyat viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Kechasi yogʻingarchilik asta-sekin sharq tomonga siljiydi. Faqat markaziy va sharqiy hududlar boʻyicha, shuningdek, respublikaning eng chekka janubida kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari havo harorati koʻtariladi, xususan, yakshanba kuni +17…+22 darajagacha boʻladi. Kechalari harorat +5…+10 daraja atrofida boʻladi.

Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi ham bor.

Toshkent shahrida juma kunining ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, harorat +10…+12 daraja boʻladi. Shanba kuni kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni yogʻingarchilik boʻlmaydi. Harorat asta-sekin +17…+20 darajagacha koʻtariladi.

Harorat asosan kechalari +6…+9 daraja boʻladi. Shamol 3–8 metr/soniya telikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.