Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik, yomgʻir va qor koʻrinishida, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol tezligi 25-28 m/s ga yetishi mumkin.

Havo harorati 17-20° iliqdan 13-16° iliqgacha asta-sekin koʻtariladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel kelishi, togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.

Respublika hududi boʻyicha va keyingi haftaning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi bilan kuzatiladigan beqaror ob-havo saqlanib turadi.

Bunday ob-havo atmosferada juda faol janubiy frontal zonalarni mavjudligi hisobiga, respublika hududiga doimiy ravishda nam bulutli massivlar kirib kelishini hosil qiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.

Oʻtgan yilning mart oyida ham Oʻzbekistonda tez-tez yomgʻir yogʻishi bilan ob-havoning xuddi shunday holati kuzatilgan. Masalan, Toshkentda yomgʻirli kunlar soni 21 kunni tashkil etgan.