Dam olish kunlari yurtimizda qanday ob-havo kutiladi?

    Mamlakatimizda 5 Avgust 2022 2677

    Qulay harorat Oʻzbekiston aholisini quvontirishda davom etadi.

    Bugun va dam olish kunlari respublika hududi boʻyicha quruq va biroz issiq ob-havo boʻlishi kutiladi. Harorat foni meʼyoriy qiymatlardan biroz yuqori boʻlib, kechalari 20-25o, kunduz kunlari 32-37o atrofida boʻladi.

    Faqat Oʻzbekistonning ayrim togʻli hududlarida ushbu kunlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutiladi, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.