Dam olish kunlari yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?

    Mamlakatimizda 15 Mart 2024 668

    Respublika hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi.

    Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17-mart yakshanba kuni baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    14-mart kuni kirib kelgan sovuq havo massasi hisobiga Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida havo keskin sovuq boʻldi, ammo bu sovuq respublika hududidan tez chiqib ketmoqda va havo harorati koʻtarila boshlaydi.

    Bugun kunning ikkinchi yarmida harorat 8-13 daraja iliq atrofida boʻladi, yakshanba kuni esa havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi.

    Shanbadan yakshanba oʻtar kechasi respublika boʻyicha baʼzi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi, yakshanba kuni harorat kechasi 2-7 daraja iliqqacha koʻtariladi.

    Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi.

    Bugun va dam olish kunlari togʻlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

    Poytaxtimizda: 15-17-mart kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat: bugun kunduzi 9-11 daraja iliq;

    shanba kuni kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 13-15 daraja iliq; yakshanba kuni kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.