Bugun va dam olish kunlari O'zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi, deb ma'lumot bermoqda Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi hisobiga 15-oktyabr kuni beqaror ob-havo bo'lishi kutilmoqda, ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi.
Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o'rtacha me'yoriy qiymatlaridan ko'p bo'ladi va 26—29 darajani tashkil etadi.
Shimol va cho'l hududlarda 16-oktyabr kuni ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin.