Dam olish kunlarida havo haroratining koʻtarilishi kutiladi

    Mamlakatimizda 30 Oktabr 2020 544

    Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda Volgaboʻyi hududidan kirgan sovuq antitsiklon natijasida keskin sovuq tushdi.

    Bugundan boshlab esa mamlakatimiz hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshlaydi. Respublika boʻyicha barcha joylarda ob-havo ochiq, kuchsiz shamol esadi. Kunning oʻrtasiga kelib harorat 15-18 darajagacha, janubiy hududlarda 23 darajagacha koʻtariladi.

    Dam olish kunlari respublikamizga Erondan issiq havoning kirishi davom etadi. Tungi sovuq faqat mamlakatning ayrim togʻli va baland togʻli hududlarida saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja atrofida, kunduzi 17-22 daraja boʻlishi kutilmoqda, janubiy tumanlarda havo 25 darajagacha isiydi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi